Sel-suv toshqinlariga FVV tayyormidi? (+video)
Shu kunlarda respublikamizning Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida sel-suv toshqinlari yuzaga keldi. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan brifingda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududdan fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. Mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda respublikadagi 48 ta suv ombori, 11 ta sel-suv ombori va yirik gidrotexnik inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shayligi hamda sel oqimlari va toshqin suvlarini betalofat o‘tkazib yuborishga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqilgan.
Toshqinlar, sel oqimlari va ko‘chki hodisalarining oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 218 ta mexanizatsiyalashtirilgan otryadlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari fuqarolarni tog‘ va tog‘oldi hududlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini, sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda aholining dam olishini hamda bunday joylarda chorva mollarini boqmaslikni, sel yo‘llarida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qo‘rilish qilmasliklarini so‘rab murojaat qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Od_-7qwNAJ4" title="Sel-suv toshqinlariga FVV tayyormidi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA