Sel-suv toshqinlari qachongacha davom etadi? (+video)
Shu kunlarda respublikamizning turli hududlarida sel-suv toshqinlari kuzatilmoqda. Muntazam jala quyishi, tog‘ qorlarining erishi tog‘oldi zonalarida suv oqimining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyati sel xavfi yuqori hududlardir. Gidrometeorologiya xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi 5-yilda respublika bo‘ylab 605 ta sel va suv toshqinlari kuzatildi va buning oqibatida shu davr mobaynida 23 nafar inson halok bo‘lgan. Ushbu hodisalar natijasida ekin maydonlari, bino va inshootlar, yo‘llarning shikastlanishi hamda irrigatsiya tizimining izdan chiqishi kuzatildi.
Ayni mavzuda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati agentligi boshqarma boshlig‘i Qahramon Zohidov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kpMW_aBYMmY" title="Sel-suv toshqinlari qachongacha davom etadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA