Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanining sel-suv toshqinlaridan talofat ko‘rgan Elobod, Yangishahar, Bog‘aro va Azlarsoy mahallalaridagi 61 ta ko‘cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirildi. Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinasi, 100 ga yaqin maxsus transport vositasi jalb qilindi.
Jarayonda 130 dan ortiq xonadon loyqa suvdan tozalandi, 12 kilometr ichki yo‘llarga tosh yotqizildi, 3 mingdan ortiq obyekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzi dezinfeksiya qilindi. Aholi qaramog‘idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o‘tkazilib, veterinariya xizmati ko‘rsatildi. Tozalangan va tartibga keltirilgan ko‘chalar bo‘ylab, mingdan ortiq mavsumga mos daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.
Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko‘chalar bo‘ylab, tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.
[gallery-16587]
Hududlar kesimida ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va uning tuman hamda shahar bo‘limlari bilan birgalikda fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda. Bugungacha 692 xonadon muammolari o‘rganildi.
Jarayonda talofatdan aziyat chekkan Azlarsoy mahallasida yashovchi ikki nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Kumush Qo‘ziyevaning muammosi o‘rganilib, uning o‘g‘liga nafaqa puli va qiziga hamkor tashkilotlar bilan birgalikda kontrakt puli to‘lab beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, sel oqibatida mazkur oilaning uyi hamda shaxsiy hujjatlari yaroqsiz holga kelgani aniqlanib, ushbu masala ham ijobiy hal etib beriladigan bo‘ldi.
Talofatdan jabr ko‘rgan oilalarning hujjatlarini qayta tiklash, nogironligi bo‘lgan xonadonlarning uyini tozalash, yolg‘iz yoshovchi hamda reabilitatsiyaga muhtoj fuqarolarga zarur ko‘mak ko‘rsatish kabi amaliy ishlar bajarilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8yJf9EzFtRY" title="Sel-suv toshqin oqibatlari bartaraf etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA