Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sektorlarda murojaatlar bilan ishlash talab darajasidami?
15:08 / 2020-12-25

bugungi kunda hududlarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etishda yangicha tizim yaratish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali hamda Namangan viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan Pop tumanidagi ikkinchi sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, ommalashtirish, o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi, sektorlarning oylik reyting ko‘rsatkichlari natijalari tahlili yuzasidan tashkil etilgan amaliy seminarda ayni shu haqida so‘z bordi.

Viloyat, shahar va tumanlardagi sektorlarning kotiblari ishtirok etgan seminarda “Temir daftar”ga ro‘yxatga kiritilgan fuqarolar bilan ishlashning ahvoli, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi, ro‘yxatga kiritilgan ayollar hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar tahlili yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari faoliyatini har oyda mehnatga layoqatli ishsiz ayollar va yoshlarning bandligini ta’minlash, byudjet daromadlari ijrosi, yangi kichik biznes sub’ektlarini tashkil etish, hududiy eksport ko‘rsatkichlarini bajarish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish, jinoyatchilikning holati kabi 15 indikatordan iborat ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan baholash asosida ularning reytingini shakllantirish tizimi bo‘yicha o‘tgan davrda viloyatda ikkinchi sektorlar o‘rtasida eng past natija ko‘rsatgan sektorlar faoliyati tahlil qilindi.

Pop tumani prokurori Husniddin Hakimov rahbarligidagi ikkinchi sektordagi 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ming 111 ehtiyojmand oilani kambag‘allikdan chiqarishda tizimli ish tashkil etilib, 1 ming 612 nafar ishsiz shaxsning bandligi ta’minlandi.

Tuman prokurori tashabbusi bilan 429,2 milliard so‘m qiymatidagi, 1 ming 782 ta ish o‘rni vujudga keladigan 73 investitsion loyihadan hozirga qadar 20 tasi ishga tushirilib, 408 kishining ishsizligiga barham berildi. Mazkur loyihalarni o‘z vaqtida amaliyotga kiritish, tashkil etilgan ish o‘rinlari haqqoniyligini muntazam kuzatib borish maqsadida elektron dastur joriy qilindi. Ish beruvchilar bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlar natijasida oilaviy tadbirkorlikka 132, hunarmandchilikka 14, sanoat loyihasiga 27, agrosanoat loyihasiga 88, kooperatsiya asosida yer ajaratish yo‘nalishida 247, qurilish obektlariga 59, boshqa faoliyat turlariga 204 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanganli qayd etildi.

Sektor hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilib, jinoyatga moyil bo‘lgan to‘qqiz toifadagi shaxslar ro‘yxati shakllantirilib, ular bilan olib borilgan manzilli tushuntirish ishlari ko‘zlangan natijani bermoqda. 
Hududda 250 ta issiqxona qurilishi aholining moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga zamin hozirladi. Shuningdek, sektor hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarda barqaror ijtimoiy muhitni yaxshilash, ajrimlar sonini qisqartirish, agrar sohadagi faoliyat sifati va samaradorligini ta’minlash, kasanachilik yo‘nalishlarida ham izchil sa’y-harakatlar davom etmoqda.

Seminar yakunida tashkilotchilar tomonidan ikkinchi sektor shtabida yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, muammolarni hal etilishini nazorat qilish yuzasidan o‘rnatilgan qulay va shaffof tizimni boshqa sektorlarda ham ommalashtirish, qolaversa, sektorlarni oylik reytingida ijobiy natijalarga erishish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA