Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sektorlar kotiblari uchun trening tashkil etildi
19:50 / 2021-06-14

Sirdaryoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali tomonidan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 1- va 2-sektor rahbarlarining kotiblari uchun trening tashkil etildi.

Trening davomida soha amaliyotchilari va Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar, xotin-qizlar va yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar atroflicha tushuntirildi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tinglovchilarga “saxovat.argos.uz”, “baza.rmk.uz” hamda “daftar.mehnat.uz” maxsus elektron platformalardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Stressni boshqarish, taym-menejment, davlat xizmatchilarining muloqot samaradorligi kabi mavzularda bahslar olib borildi.

Mutaxassislar barcha savollarga javob berdi.

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA