Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sektorlar faoliyati yanada takomillashadi
17:08 / 2021-01-22

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan Jizzax shahar sektor rahbarlari, kotiblari hamda hokim o‘rinbosarlari uchun “Sektor rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish yo‘nalishlari hamda sektor.argos.uz platformasi imkoniyatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Prezidentimizning 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan "Sektor rahbarlarining malakasini oshirish portali" –https://sektor.argos.uz yaratilib, to‘liq ishga tushirilishi muhim ishlardan biri bo‘ldi.

– Yangi sektor.argos.uz sayti foydalanish uchun qulay bo‘lib, keng imkoniyatlarga ega, – deydi Agentlikning Jizzax filiali rahbari E.Xolbo‘tayev. – Unda sektorga oid barcha normativ-huquqiy xujjatlar va zaruriy adabiyotlar, videoqo‘llanmalar mavjud. Bunda har bir foydalanuvchi nafaqat o‘z bilim va malakasini oshirishi, shu bilan birgalikda sektorlar faoliyatiga aloqador bo‘lgan dolzarb mavzular yuzasidan ishlab chiqilgan joriy test sinovlarini mustaqil topshirish orqali o‘zlashtirish darajalarini aniqlab borishi ham mumkin.  

Maskur seminarda agentlik filiali mas’ullari tomonidan yangi yaratilgan platformaning imkoniyatlari va undan samarali foydalanish qoidalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, saytdagi har haftaning juma kuni davlat xizmatchilari uchun o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifiy soat” darslari bo‘yicha videomateriallar, sektor rahbarlari faoliyatini har oyda baholash – reyting tizimi bo‘yicha oylik natijalar, davlat xizmatchilari malakasini oshirish yuzasidan videokurslar, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda unga nisbatan ijro hokimiyati rahbarlarining munosabatlari, elektron kutubxona adabiyotlari hamda normativ-huquqiy xujjatlarni o‘rganish, ulardan foydalanish imkoniyatlari o‘rgatildi.

Shuningdek, 2020 yil yakuni bo‘yicha natijalar muhokama qilinib, Agentlik filiali ko‘magida sektorlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilab olingan chora-tadbirlarni o‘z muddatida ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.  

Ushbu mavzular doirasida mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini ta’minlashda sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar, tavsiyalar ishlab chiqildi.  

 

T.Beknazarov,

O‘zA muxbiri