Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sektor rahbarlari ovoz berdi
11:03 / 2019-12-22

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda viloyat sektor rahbarlari ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, oʻzlari tanlagan nomzodga ovoz berdi.


Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda viloyat sektor rahbarlari ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, oʻzlari tanlagan nomzodga ovoz berdi.

Viloyat hokimi Q.Tursunov Karmana tumanidagi 21-umumtaʼlim maktabida joylashgan 62-saylov uchastkasidan ovoz berdi. 

хоким (1).JPG

Shuningdek, viloyat 2-sektori rahbari, viloyat prokurori Sh.Aminov va 4-sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi R.Nasimov ham Karmana tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan 58-saylov uchastkasida oʻz konstitutsiyaviy burchidan foydalanib, saylovda ishtirok etdi.

прокурор (1).JPG

Darhaqiqat, joriy yilgi saylovlarda viloyatda Oliy Majlisga 5 ta, viloyat kengashiga 60 ta, tuman va shahar mahalliy kengashlariga 285 ta saylov okruglari tashkil etilib, saylovchilarga 439 ta uchastkalar xizmat koʻrsatmoqda. Viloyatda 599 ming 263 nafar saylovchi roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 5 ming 178 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan.

Солик 2.JPG