Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sehrli diyor”ga yubormoqchi edi...
19:45 / 2024-01-11

Keyingi paytda fuqarolarni boshqa davlatlar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ko‘paygani, ko‘plab yurtdoshlarimiz bunday kimsalarning va’dalariga ishonib, aldanib qolgani haqida xabarlar tez-tez qulog‘imizga chalinmoqda. Yaqinda AQSH chegarasidan noqonuniy o‘tgan bir guruh fuqarolar yurtimizga qaytarilgani to‘g‘risida ham lavha namoyish etildi.

Afsuski, shunga qaramay, hali- hamon noqonuniy yo‘llar bilan bo‘lsa-da “sehrli diyor”ga borishni istovchilar yoki mo‘may pul evaziga ularning bu hojatini chiqarishni va’da qilayotganlar uchrab turibdi. 

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida ana shunday holat qayd etildi. 

Samarqand shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan S.S. mahalliy fuqaroni “O‘zbekiston-Turkiya-Qatar-Nikaragua-Meksika” yo‘nalishi orqali AQSHga yuborish evaziga undan 18 ming AQSH dollari talab qilib, dastlab zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kelishilgan puldan 9 ming dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. 

Ushbu holat yuzasidan S.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri