Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sebzor” GESi qurilishi uchun 20 million yevro grant mablag‘i beriladi
15:46 / 2019-06-07

Tojikiston energetika va suv resurslari vazirligi 7 iyun kuni bergan xabarga qaraganda, Yevroittifoq Tojikiston sharqidagi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida “Sebzor” GESi qurilishi uchun 20 million yevro miqdorida grant berishni ma’qulladi.


Tojikiston energetika va suv resurslari vazirligi 7 iyun kuni bergan xabarga qaraganda, Yevroittifoq Tojikiston sharqidagi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida “Sebzor” GESi qurilishi uchun 20 million yevro miqdorida grant berishni ma’qulladi.

GES Shoxdara daryosiga qurilishi kerak, vazirlikning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan grant “ob’ekt qurilishi uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘laligicha qoplaydi“.

GES qurilishi 2015 yilda boshlangan edi, o‘shanda qurilishning ramziy birinchi toshini Prezident Emomali Rahmon qo‘ygan edi. “Sebzor“ning loyiha quvvati 10 MVt bo‘lishi aytilmoqda. Hukumatning ta’kidlashicha, GES nafaqat muxtor viloyatni energiya bilan ta’minlaydi, balki Afg‘onistonning chegara mintaqasidagi tumanlariga elektr energiyani eksport qilish imkoniyatini yaratadi - buning uchun Afg‘oniston tomoni o‘z mamlakati hududlarida elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar qurishi kerak bo‘ladi.

Biroq o‘shandan beri qurilish amalda muzlatib qo‘yildi. Yil boshida Tojikiston hukumati “Sebzor”ni hayotga tatbiq etish uchun investorlar qidirayotganini e’lon qildi va o‘sha yerda yana bir “Sanobod” elektr stansiyasi qurish borasida investitsiya qidirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan “ishlayotganini” ma’lum qildi.