Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sea sun” xalqaro musiqa tanlovi g‘oliblari
18:15 / 2017-10-26

Joriy yil sentyabr oyida Ispaniyada o‘tkazilgan “Sea sun” xalqaro musiqa tanlovida namanganlik yoshlar g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Joriy yil sentyabr oyida Ispaniyada o‘tkazilgan “Sea sun” xalqaro musiqa tanlovida namanganlik yoshlar g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Tanlovda dunyoning 12 davlatidan 600 dan ziyod yosh iste’dod sohibi qatnashdi. Hakamlar o‘zbekistonlik yosh ijrochilar mahoratiga yuksak baho berdi. Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilari Shirina Nabiyeva va Gulshoda Halimjonova fortepyano ijrochiligi yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu maktabning yana bir o‘quvchisi Ahrormirzo Rahmonov skripkada ijro etgan dilbar kuylari bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchisi Muhriddin Akromov zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

8.jpg

Yoshlarimizning bunday nufuzli tanlovdagi muvaffaqiyati yurtimizda musiqa va san’at rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir.