Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“SCAT” aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlariga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:01 / 2025-11-25

Qozog‘istonning “SCAT Airlines” aviakompaniyasi tomonidan Turkistondagi “Hazrati Sulton” xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, Turkiston – Urganch – Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar joriy yil 1 dekabrdan dushanba, juma va yakshanba kunlari, Turkiston – Buxoro – Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar esa 2 dekabrdan seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Turkiston – Samarqand – Turkiston yo‘nalishi bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar 3 dekabrdan chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Yangi aviareyslarning yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi sayohatlar yanada qulay bo‘lishiga xizmat qiladi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA