Sayyoramizdagi qurolli mojarolar tufayli qochqinlar soni 48 million kishiga yetdi
Bu rekord ko‘rsatkichdir, deydi BMT bosh assambleyasining Uchinchi qo‘mitasida so‘zga chiqqan ichki qochqinlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Sesilya Ximenes-Damari.
«Urush va zo‘ravonliklar tufayli o‘z uyini tark etib xavfsiz joylarga qochishga majbur bo‘lgan kishilar soni dunyo bo‘yicha 48 million kishiga yetdi, bu rekord ko‘rsatkichdir”, dedi u.
Uning ta’kidlashicha, qurolli mojarolarning kuchayishi va zo‘ravonliklar avj olayotgan bir sharoitda inson huquqlariga va xalqaro gumanitar huquqlarga amal qilish tobora murakkablashib bormoqda.
Ximenes-Damarining fikricha, dunyoda kechayotgan zo‘ravonliklar va mojaroviy vaziyatlarni tabiiy ofatlar ham murakkablashtirmoqda.