Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyoramizda yangi bolalar gepatiti kuzatilmoqda
10:06 / 2022-06-25

Bolalarda noma’lum gepatitning 900 dan ortiq holati aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab kelib chiqishi noma’lum etiologiyali gepatit bilan kasallangan bolalar soni 920 nafarga yetdi.
“2022 yil 22 iyun holatiga ko‘ra, besh mintaqadagi 33 mamlakat bolalarida noma’lum etiologiyali og‘ir o‘tkir gepatitning 920 ehtimoliy holati qayd etildi”, — deyiladi bayonotda.

Tashkilot xabariga ko‘ra, 18 bemor bolakay vafot etgan, 45 holatda tana a’zosi transplantatsiyasi zarur bo‘lgan. Qayd etilishicha, noma’lum dardga uchraganlarning yarmi Yevropada yashaydi.

JSST ushbu global xavfni o‘rtacha darajada baholamoqda.