Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sayyoramiz uchun 100 gektar” loyihasi doirasida ekologik aksiya
11:37 / 2025-11-25

“Sibirskoye zdorove” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Oroldagi bog‘im” (“My garden in the Aral Sea”) agro va ekoturizm loyihasini faol qo‘llab-quvvatlash orqali Orolbo‘yi ekotizimini tiklashga salmoqli hissa qo‘shishda davom etmoqda.

120 kishidan iborat kompaniya vakillari “Sayyoramiz uchun 100 gektar”  ekologik aksiyasi doirasidagi tashabbusni davom ettirish uchun yana Orol dengizining qurigan tubiga yetib kelishdi.  

Tadbir ishtirokchilari Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi bilan birgalikda tabiiy landshaftlarni tiklash va mintaqaning ekologik barqarorligini yaxshilashga qaratilgan 15 ming tup saksovul ko‘chatini ekish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniyani rasman boshladilar. Aksiya cho‘llanishga qarshi kurashish, chang bo‘ronlarini kamaytirish va qurigan dengiz tubida barqaror yashil qoplamni shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.  

Qurg‘oqchilikka chidamliligi yuqori bo‘lgan saksovul qumli tuproqlarni barqarorlashtirish va ekologik ofat hududida himoya o‘rmonzorlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri