Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor xizmat avtobusi Nazerbekda
15:04 / 2021-08-30

Fuqarolarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va huquqiy savodxonligini oshirishda davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan sayyor xizmatlar tizimi xodimlar ish faoliyatining ajralmas qismiga aylanmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va Zangiota tuman markazi xodimlari 4 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Nazarbek mahallasiga bordi.

Sayyor xizmatlar uchun mo‘ljallangan avtobusning kelishi shu yerda yashovchi insonlarga yengillik yaratib, vaqtini tejash imkonini berdi. Tadbir davomida nazarbekliklar farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga ulanish, kadastr pasportini shakllantirish, soliqdan qarzi bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot olish kabi 20 ga yaqin davlat xizmatlaridan foydalandi.

Mutaxassislar tomonidan aholi o‘rtasida xizmatlarni davlat xizmatlari markazlariga kelmasdan, Yagona interaktiv portal orqali elektron tarzda olish targ‘ib qilindi. Xususan, mazkur portal orqali murojaat qilgan shaxslarga markazga shaxsan borib to‘lanadigan to‘lovga nisbatan kamroq to‘lash imkoniyati, ya’ni imtiyoz berish orqali qulayliklar yaratilganligi tushuntirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan o‘tgan dam olish kunlari barcha hududlarda sayyor davlat xizmatlari va huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari marazi xodimlarining bu galgi manzili markazdan 30 chaqirim olisda bo‘lgan “Bahmal” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. 2 ming 700 nafardan ortiq aholi yashaydigan mahallaning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shu kuni Bahmalliklarga cuv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha navbatga qo‘yish uchun ariza berish, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, kadastr hujjatlarini shakllantirish, sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) o‘rnatish bo‘yicha 10 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti to‘g‘risida ham keng qamrovli huquqiy maslahatlar berildi.

A.Musayev, O‘zA