Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor uchrashuvlar davom etmoqda
15:05 / 2023-11-08

Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari U.To‘ychiyev va Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi mas’ullari Sirdaryo tumanida joylashgan korxonalarda “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi afzalliklarini targ‘ib qilish maqsadida sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir ishtirokchilari “Arimex” va “Sardoba Elite” korxonasi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ushbu korxonalar joriy yilning 10 oyi davomida “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga qiymati 9,5 million AQSH dollariga teng 41,7 ming tonna tovarlar joylashtirilgan. Shundan, qayta ishlangan qiymati 10,5 million AQSH dollariga teng tovarlar eksport qilingan.  

Uchrashuv davomida mas’ul xodimlar tomonidan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashda tadbirkorlarga berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Bu kabi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.  

Sh.Suyarov, O‘zA.