English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama etildi
18:02 / 2024-10-04

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 apreldagi "Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida “Peng-Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida sayyor uchrashuv tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Salimjonov boshchiligidagi bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari bojxona sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar,  “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining afzalliklari, “Eksport uch qadamda” hamda bojxona ko‘riklarini inson omilisiz avtomatik taqsimlash tizimlari xususida so‘z yuritib, xodimlar tunu kun  tadbirkorlarga xizmat  ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.  

Sayyor uchrashuv doirasida xitoylik ta’sischilar tomonidan ishga tushirilishi  ko‘zda tutilgan yangi loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda  mazkur majmuada faoliyat olib borayotgan 14 ta ishlab chiqarish korxonasining elektr iste’molidan kelib chiqib, muqobil energiyadan foydalanish hajmini oshirish maqsadida quvvati 2800 kVt bo‘lgan quyosh panellarini bosqichma-bosqich o‘rnatish ma’lum qilindi.

Tadbirkorlar  bojxona to‘g‘risidagi  qonunchilikka doir o‘zlarini qiziqtirgan  savollarga  bojxona boshqarmasi mas’ullaridan  javob olishdi.  

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri