Andijon viloyatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularni mamlakatimizdagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilishga o‘rgatish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yo‘nalishda tashkil etilayotgan sayyor sud majlislari yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor sud majlisida fuqarolar, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muhokamalar jarayonida 3 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Sudda muhokama qilingan holatlar yoshlar uchun saboq bo‘lib, ularni hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash, qonunni hurmat qilish va javobgarlikni his etishga undadi.
[gallery-26142]
Shuningdek, majlis davomida 5 nafar probatsiya hisobida turgan yoshlarni hisobdan chiqarish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu esa davlatimiz tomonidan yoshlarga nisbatan ishonch va islohot ruhining yana bir ifodasi bo‘ldi.
Bunday sayyor sudlar nafaqat jinoyatchilikning oldini olish, balki fuqarolarda huquqiy madaniyat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari