Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor sud majlisida 10 nafar shaxs qamoqdan ozod etildi
14:59 / 2021-11-25

Samarqand viloyat sudi raisi O.Hayitovning bu galgi sayyor qabuli Samarqand shahar “Bog‘isaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Shahardagi Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qabulda 50 nafarga yaqin shaxsning murojaati tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismini aliment, nikoh, uy-joy, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.

Har bir murojaat alohida o‘rganib chiqildi va qonun doirasida ijobiy hal qilindi. Shuningdek, qabulda sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlar pushaymonligi, qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tganligi, jazodan tegishli xulosa chiqarganligini inobatga olib, jazoni yengillashtirishni, ozod etishni so‘rab murojaat qildi.

Shu yerning o‘zida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sayyor sud majlisi tashkil etildi. Har bir holat alohida-alohida ko‘rib chiqildi. Jinoiy qilmishi uchun jazo o‘tayotgan 10 nafar shaxs tegishli xulosa chiqarganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan qamoqdan ozod qilindi. Bundan tashqari, 13 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra, 26 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 11-bandiga asosan javobgarlikdan ozod qilindi. Bir nafar shaxs yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishi harakatdan tugatildi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA