Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor sud amaliyoti o‘z samarasini bermoqda
10:54 / 2023-04-16

Jizzax viloyatining Forish tumani “Mahalla markazi”da jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining navbatdagi sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda sodir etilgan qonun buzarlik holatlari uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida ishlarni sayyor sud tartibida ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tkazilgan sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi raisi Salim Botirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilayotgan bir qator o‘zgartishlar haqida yig‘ilganlarga batafsil tushuncha berdi.

Shuningdek, sayyor sud davomida aliment to‘lovi bilan bog‘liq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan ayblanayotgan 4 nafar shaxsning jinoyat ishi ham tadbir qatnashchilari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi raisi O‘zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyati haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil so‘zlab berdi.  

Sayyor sud majlisi yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

A.QAYUMOV, O‘zA