Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabuldagi murojaatlar joyida hal etildi
11:29 / 2021-07-02

Qashqadaryo viloyati sudi raisi o‘rinbosari O‘.Mamadaliyev va viloyat sudi sudyasi F.Yusupov Kitob tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda hudud fuqarolarining sud-huquq sohasi bilan bog‘liq muammolari tinglandi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Shuningdek, qabul davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudi tomonidan 2 nafar shaxs jazoni o‘tash muddatidan oldin ozod qilindi. 3 nafar shaxsning jarimasini kamaytirish bo‘yicha so‘rab qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi. 2 nafar shaxs yarashganligi munosabati bilan jarima jazosidan ozod etilib ogohlantirildi.

Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2020 yil 6 avgustdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 266-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilgan Taniqulov Nusratillo Musurmon o‘g‘liga tayinlangan 2 yil 6 oy ahloq tuzatish ishlari jazosini 1/3 qismidan ko‘prog‘ini jamoat tartibini buzmasdan, mehnatga halol munosabatda bo‘lib o‘taganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi JK 73-moddasiga asosan jazoni o‘tash muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.  

Tadbir davomida viloyat sudi raisi o‘rinbosari O‘.Mamadaliyevning “Korrupsiyaga barham berishning mustahkam huquqiy asosi” mavzuidagi ma’ruzasi tinglandi.

O‘lmas Barotov,  

O‘zA