Sayyor qabulda xotin-qizlar muammolari ko‘rib chiqildi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova tomonidan xotin-qizlarning muammolarini yaqindan o‘rganish va amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida kelib tushgan sog‘liqni saqlash, “Ayollar daftari” bilan bog‘liq masalalar, uy-joy, bandlik va tadbirkorlik masalalari yuzasidan bildirilgan murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.


Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish borasida so‘z bordi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA