Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda sertifikatlar topshirildi
12:18 / 2021-06-28

Jizzax viloyati prokurori Islomjon Ergashxo‘jayev tomonidan Mirzacho‘l tumanida joylashgan «O‘zbek-qozoq madaniyat markazi» binosida aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i, tuman sektor rahbarlari, viloyat va tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etishdi.  

 Qabulda fuqarolar kredit olishda amaliy yordam berish, yer ajratish, sud qarorining ijrosi lozim darajada ta’minlanmayotganligi, sog‘liqni saqlash va shu kabi qator masalalarda murojaat qildilar.  

 Kelib tushgan 75 ta murojaatdan 32 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarning qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.  

 Tadbir davomida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 10 nafar yoshlarga imtiyozli kredit olishlari uchun, 14 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun subsidiya ajratilishi haqida sertifikat hamda 20 nafariga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekishlari uchun 1 mln. so‘mdan naqd pul mablag‘lari topshirildi.  

O‘zA  

 

 

 

 

(Shuhrat Ne’matov)