Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Tohirov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Dehqonobod mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi.
Aholi muammolari bilan tanishish jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanish, oliy o‘quv yurtida o‘qish uchun shartnoma to‘loviga ko‘maklashish kabi masalalarda 15 dan oriq murojaatlar kelib tushdi.

– Sayyor qabulda oilaviy ahvolimni inobatga olib imtiyozli bank krediti asosida motokultivator ajratishlarini so‘ragan edim. Shu kunning o‘zida mutasaddilar uyimga yetkazib berishdi. Biz kabi ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida beminnat qo‘llab kelayotgan barcha mutasaddilarga samimiy minnatdorlik bildiraman, – deydi murojaatchi Botir Pahlavonov.
Sayyor qabul davomida tushgan barcha murojaatlarga qonuniy yechim topish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.