Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda murojaatlar joyida hal etildi
12:55 / 2021-04-28

Andijon viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon To‘lanov Paxtaobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan turli darajadagi rahbarlarning joylarda aholi bilan ochiq-oshkora, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishi mavjud muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etishda, fuqarolarning hayotidan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qolaversa, o‘tkazilayotgan sayyor qabul va muloqotlar natijasida odamlarni qiynab kelayotgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topmoqda.  

O‘tkazilgan sayyor qabulda 60 dan ziyod fuqaroning asosan uy-joy kommunal xizmati bilan bog‘liq murojaatlari eshitildi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Jumladan, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari bilan bog‘liq 15 ta murojaatni hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, 3 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi, 2 ta masala o‘rganib chiqish uchun tumandagi mutasaddi idoralar vakillariga topshirilib, natijasi nazoratga olindi. Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolardan boshqarma boshlig‘i vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha ham 6 ta murojaat qabul qilinib, ular o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

                                                                                                                                                                                                                                            F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA