Sayyor qabulda muammolar ijobiy hal etildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati sudi raisi A. Utayev ishtirokida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarining sud-huquq yo‘nalishidagi murojaatlari eshitildi.
Sayyor qabulda 12 nafar fuqaroning jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning 8 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 4 ta murojaat ijobiy hal etildi.
[gallery-15671]
Shuningdek, tadbir doirasida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida axloq tuzatish, muayyan huquqdan mahrum qilish hamda ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslar muddatidan oldin shartli ozod qilindi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA