Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda muammolar hal etilmoqda
12:39 / 2025-02-12

FOTOREPORTAJ

Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, Prezident Xalq qabulxonasining viloyat bo‘limi rahbari hamda viloyat, shahar va tuman sektorlar rahbarlari ishtirok etdi.

[gallery-21694]

Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan salomatlik, ishga joylashish, moddiy yordam, yer va uy-joy, biznes yuritish, kredit olish kabi masalalardagi murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalarni o‘rganish va hal etish tegishli idoralar vakillariga yuklatildi.  

Aholi bilan ochiq muloqot davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning davlatga ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA