Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda muammolar bartaraf etildi
17:47 / 2023-06-06

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Saroy MFYda yashovchi Muqaddam Do‘stova 2009 yilda turmush qurgan. Ikki nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog‘i 1-guruh nogironi bo‘lganligi sabab vaqtida nikohdan o‘ta olmagan. Nikoh hujjati yo‘qligi bois ancha sarson bo‘lgan fuqaro sayyor qabulda o‘z muammosiga yechim topdi. FHDYO bo‘limi tomonidan murojaat joyida hal etildi.

Aytish joizki, joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatning Qarshi tumanidagi Yangi Batosh MFYda sayyor qabul tashkil etildi. 

 

Shu kuni Qarshi tumanida  o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 fuqaroning murojaati qabul qilindi. Shundan 12  “Mobil ID” ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi. 4  bolalarni  bog‘chaga navbatga qo‘yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 tug‘ilganlik guvohnomasi o‘z egalariga topshirildi.  

Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning “Kasanachilik” markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA