Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda kadastrga oid muammolar bartaraf etildi
08:31 / 2022-07-22

Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlaydigan mexanizmning shakllanishi xalq roziligiga erishish hamda jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda murojaatlar yechimiga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Kadastr agentligi xodimlari tomonidan aholi va yuridik shaxslarga 10 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi barobarida boshqarmada murojaatlarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish, qonun doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Bundan tashqari Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar tomonidan muammoli murojaatlarning yechimiga erishish maqsadida hududda muntazam sayyor qabul tashkil etib borilmoqda. Bu galgi sayyor qabulda Jizzax viloyati, Yangiobod tumani hududida istiqomat qiluvchi aksariyat fuqarolarning muammolari o‘rtaga tashlandi.

Ushbu sayyor qabulda fuqarolardan kelib tushgan 11 ta murojaatdan 6 tasi  joyida hal bo‘ldi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

– Ushbu o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda chekka hududlardagi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni, ularni imkoni boricha ijobiy hal etishni maqsad qilganmiz, – deydi Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi bolig‘i Nodir Sidiqov. – Yurtdoshlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish ustuvor vazifamizga aylandi. Bu jarayon har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklaydi.

Shahnoza Mamaturopova,
O‘zA muxbiri