French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda harbiy xizmatchilarning oila azolariga tikuv mashinasi topshirildi
11:28 / 2021-06-20

Termiz harbiy prokurori, adliya polkovnigi Shukurjon Toshmatov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari uchun sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Sariosiyo va Xayrabod garnizonlarida tashkil etilgan ochiq muloqotlarda Sariosiyo va Denov tumani prokurorlari,   Janubiy operativ qo‘mondonligi va xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa davlat, jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabullarda keyingi yillarda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlab, yurtimiz tinchligini taminlashga xizmat qilayotgani takidlandi. Bu jarayonda harbiylar va ularning oila a’zolarini har taraflama qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy himoya qilishga alohida etibor qaratilayotgani, hududlarda harbiylar va ularning oila azolari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani ular duch kelayotgan muammolarni hal etishda yaxshi samaralar berayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda harbiylarning oila azolari bandligini taminlash, uy-joy, maktabgacha talim va boshqa masalalarda ko‘plab murojaatlar bo‘ldi. O‘rtaga tashlangan har bir masala mutasaddi rahbarlar ishtirokida atroflicha muhokama etilib, joyida yechimini topish yo‘llari izlandi. Jumladan, ishga joylashtirishda yordam so‘ragan harbiy xizmatchilarning ikki nafar oila azosi-Yulduz Rahmonova hamda Go‘zal Mallayevaga Termiz harbiy prokurori zamonaviy tikuv mashinasi tuhfa qildi.

Sayyor qabulda yuzga yaqin masala ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida yechim topdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

Ochiq muloqot doirasida harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari uchun kitob yarmarkasi ham tashkil etildi.                                                          

 Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,O‘zA