Konimex tumani “Yuksalish” mahallasida Navoiy viloyat sudining raisi Hamidulla Qudratov, ma’muriy sud raisi Akmal Murodov va tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlari muammolari bilan ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida, tezkor bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaati o‘rganilib, 5 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Qolgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar va muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish ko‘rsatmalari berildi.

Shuningdek, sayyor qabulda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat hamda ko‘mak so‘rab kelgan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonun talablari asosida hal qilindi.

Qabul jarayonida jinoyat ishlar bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi Maqsud Rayimov tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, probatsiya guruhida hisobda turgan 7 nafar shaxs tayinlangan jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA