Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda aholi murojaatlari o‘rganildi
20:29 / 2024-06-15

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi Sharq yulduzi mahallasida O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya rahbari aholi vakillarining murojaatlarini tinglab, ularga huquqiy maslahatlar berish barobarida, tadbirda ishtirok etayotgan Uchtepa tumani hokimligi mas’ullari hamda Sharq Yulduzi mahallasi faollariga mazkur masalalarning ijobiy hal etilishida kerakli tavsiyalarni berdi.

“Sharq Yulduzi” MFY binosida Uchtepa tumani hokimligi mas’ullari va mahalla faollari ishtirokidagi sayyor qabuldan boshlangan tadbir hududdagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar xonadonlaridagi uchrashuvlar asnosida davom etdi.

[gallery-17881]

Partiya yetakchisi uyma-uy yurib, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar, bemor keksalar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan  suhbatlasharkan, ular uchun mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatligini tiklash borasida amalga oshirilayotgan ezgu islohotlar haqida atroflicha tushuncha berdi.

Shuningdek, «Adolat» SDPning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan dasturiy maqsadlari hayotga samarali tatbiq etilayotgani qayd etildi. Kelgusida partiya oldida turgan rejalarga ham to‘xtalib, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bundan keyin ham partiyaning doimiy e’tiborida bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Qolaversa, imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachasi va boshqa ro‘zg‘or uchun kerakli anjomlar topshirilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatilgani muborak Qurbon hayiti arafasida o‘zgacha mohiyat kasb etdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA