Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabulda 24 ta murojaat joyida hal etildi
15:21 / 2022-10-12

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A. Ikramov rahbarligidagi respublika Ishchi guruhi tomonidan Andijonda sayyor qabul o‘tkazildi.

Aholining huquqiy va boshqa masalalarga oid muammolarini bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Andijon tumani hokimligida tashkil etilgan sayyor qabulga Andijon shahri, Asaka, Andijon, Izboskan, Paxtaobod va Oltinko‘l tumanlarida yashovchi fuqarolar jalb etildi. 

[gallery-9109]

Sayyor qabul davomida 68 nafar fuqaroning surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish, ishga joylashish, nogironlik aravachasi olish kabi masalalarga oid murojaatlari eshitildi. Murojaatlarning 24 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijro uchun yo‘naltirildi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida uzoq yillardan buyon fuqarolik pasporti olishni orzu qilib kelayotgan 6 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalari tantanali ravishda topshirildi. Bundan tashqari, 4 nafar voyaga yetgan o‘g‘il-qizga fuqarolikni tasdiqlovchi ID kartalar berildi.

Qabul davomida Andijon shahri, Andijon va Izboskan tumani ichki ishlar bo‘limlarining probatsiya nazoratida turuvchi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 11 nafar shaxs muddatidan avval shartli ravishda ozod qilindi. Jismoniy imkoniyati cheklangan ikki nafar murojaatchiga nogironlik aravachasi topshirildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Respublika Ishchi guruhi tomonidan Xo‘jaobod tumanida ham sayyor qabul o‘tkazilishi, qabulga viloyatning qolgan barcha tumanlaridan aholi vakillarini jalb etish rejalashtirilgan.

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA