Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnoraxon Abdullayeva Asaka tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, turli darajadagi davlat va boshqaruv idoralari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari, odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Gulnoraxon Abdullayeva tomonidan Asaka tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar, xususan, xotin-qizlarni qiynayotgan bir qator muammolar o‘z yechimini topdi. Qabul davomida qilingan murojaatning aksariyati joyida hal etildi, ijrosi ma’lum muddat va o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha masalani hal etish tegishli idoralar mutasaddilariga topshirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Hokim o‘rinbosari shu kuni viloyat hokimining tashabbusi bilan ayollar bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha viloyatda o‘tkazilayotgan dolzarb o‘n kunlik doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining faol ayollari tomonidan o‘rganishlar doirasidagi xatlov davomida aniqlangan ishsiz, lekin ishlash istagi bo‘lgan ayollar bilan “Asakatekstil” trikotaj korxonasida bo‘ldi.
Xotin-qizlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Korxonada bo‘lgan ko‘plab ayollar ishlash istagini bildirdi, bir guruh ayollar bilan mehnat shartnomalari tuzildi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA