Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul samarali bo‘ldi
14:30 / 2023-05-26

Buxoro viloyati Kogon tumani O‘ba-cho‘li mahallasida 4-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Kogon tumani Xalq qabulxonasi va tuman hokimligi mas’ullari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda mahalla faollari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, ularning sog‘liqni saqlash, kasb-hunarga o‘qitish, ichimlik suvi, energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla aholisi shu kuni sayyor qabul jarayonida o‘z muammosini rahbariyatga yetkazishdan tashqari, bu yerda tashkil etilgan tibbiy ko‘rik, ko‘ngilochar dasturlar, sport o‘yinlari va arzonlashtirilgan ko‘chma savdo yarmarkalari xizmatidan ham bahramand bo‘ldi.

E’tiborlisi, sayyor qabul davomida sektor ishchi guruhi tashabbusi bilan O‘ba-cho‘li mahallasida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida boshqa sport turlari qatorida shaxmat to‘garagi faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘qib diplom olgan, lekin shu paytgacha tayinli bir ish topa olmay sektor rahbariga murojaat qilgan Anvar Jabborov murabbiy bo‘lib ishga joylashdi.

Sayyor qabulda “Ayollar daftari” dagi 10 nafar xotin-qizlarning tikuv mashinkasi olib berish to‘g‘risidagi murojaatlari ham shu yerning o‘zida hal etildi. Bundan tashqari, shu yerlik 3 nafar ayolga o‘zlarining talab va qiziqishlariga muvofiq tirkamali mototsikl olib berildi. Shu kuni mazkur mahallada tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Unda tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan hududdagi ayollar va “Temir daftar” dagi fuqarolar uyma-uy yurgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Istiqbol” mahallasida yashovchi Dilorom Samadovaning ham holidan xabar olindi. Onaxonga nogironlik aravachasi topshirildi. Bundan tashqari, aholining murojaatiga muvofiq, “Obod qipchoq” qishlog‘ining – 1 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘liga tosh-shag‘al to‘shaldi. Shuningdek, bu yerdagi shunday ahvoldagi yana ikkita ko‘chaga ikki kun mobaynida to‘liq shag‘al yotqizish belgilab olindi.

Zarif Komilov, O‘zA