Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: murojaatlar e’tiborsiz qolmadi
17:50 / 2024-01-29

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Qodirqulov Arnasoy tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tushgan murojaatlarning aksariyati ko‘chmas mulklarning kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga doir mavzuda bo‘ldi. 

Murojaatchilarga ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr pasportini My.gov.uz elektron tarmog‘ida rasmiylashtirish yuzasidan ma’lumot berildi.

Sayyor qabulda16 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilib, 1 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. 10 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan 5 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi. 

– Men tadbirkorlik qilish maqsadida do‘kon uchun kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgandim, – deydi arnasoylik Dilshod Tursunov. – Menga kadastr xodimlari do‘kon kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishi ketma-ketligini tushuntirdi. Ayni vaqtda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari boshlab yuborildi. Murojaatim e’tiborsiz qolmaganidan xursandman. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA muxbiri