Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: kadastr tizimi yangiliklari va murojaatlar tahlili
11:47 / 2022-10-04

Yaqinda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul avvalida M.Valiyev sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Uning qayd etganidek, keyingi besh yilda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan katta e’tibor tufayli kadastr tizimi yangicha ishlovchi sohaga aylandi. Boshqaruv tizimi takomillashib, uning qonuniy asoslari mustahkamlanayotir. 

– Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, Kadastr agentligi tomonidan sohaga oid 36 ta me’yoriy hujjat loyihalari ishlab chiqildi. Ularda 7 tasi qonun, 3 tasi Prezident farmoni va qarori hamda 26 tasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridir. Ulardan 2 ta qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi hamda Vazirlar Mahkamasining 7 ta qarorlari imzolandi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining birgina yangi tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori kadastr sohasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu qaror bilan fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan ularga doimiy foydalanish, ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilandi, – dedi M.Valiyev. 

Sayyor qabulda har bir murojaatchining kadastrga oid savollari va muammolarini o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Unda fuqarolardan kelib tushgan har bir murojaat o‘z vaqtida hal etish choralari ko‘rildi. 

– M.Valiyevning sayyor qabulida qatnashib, uchta xona qurilishi uchun yer maydonini auksionga qo‘yilishini so‘ragan edim, – dedi Muzrabot tumanidagi Do‘stlik mahallasida yashovchi Sherzod Allaberdiyev. – Murojaatimni  inobatga olinib,  tez orada "E-AUKSION" elektron savdo platformasiga qo‘yilishiga ishonch bildirildi.  Men bundan xursandman. 
 

 

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA