Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: ehtiyojmandlar qo‘llab-quvvatlandi
15:46 / 2022-08-19

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Nurali Mahmatov Pomuq shaharchasida ehtiyojmand fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Xurshid Sharopov, fondning tuman bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Erkayev va mahalla raislari ishtirok etdi. 



Sayyor qabulda hududdagi 13 nafar moddiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning murojaatlari shu yerning o‘zida qanoatlantirildi. Fuqarolarga jami 13 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam berildi. 



Shundan so‘ng mas’ullar mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida Gulobod, Yangi qishloq va Tinchlik mahallasida yashovchi ehtiyojmand deb topilgan 5 ta oilaga 8 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi. 

Bayram arafasida bunday tadbirlar boshqa mahallalarda ham o‘tkazilmoqda. 

 

O‘lmas Barotov,  
O‘zA