Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik
14:30 / 2025-09-27

FOTOREPORTAJ

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 

Navbatdagi ana shunday sayyor qabul boshqarma boshlig‘i Muhiddin Tag‘oyev boshchiligida Sariosiyo tumani Sharg‘un shahar Konchilar mahallasi Madaniyat uyi binosida o‘tkazildi. 

[gallery-25491]

Tadbirda fuqarolardan nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish, nogironlik aravachalari, sanatoriylarga yo‘llanma, davolanishga order olish, ijtimoiy nafaqalar tayinlashni so‘rab qilingan murojaatlar kelib tushdi.

24 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, yana 26 ta murojaatning 7 tasi tegishli tashkilotlarga yuborildi. Qolgan muammolar joyida hal etildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA