Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash va ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman sektor rahbarlari, hududiy boshqarma, tashkilot, muassasa mutasaddilari ishtirokidagi qabulda 50 dan ziyod fuqaroning ichimlik suvi, ichki yo‘llar, ta’lim, tibbiyot, elektr, kadastr va pensiya masalasiga oid murojaatlari tinglandi. Qabulda kun tartibidagi eng dolzarb murojaatlarning aksariyati o‘z yechimini topdi. Muddat talab qiladigan masalalar mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
[gallery-12268]
Jumladan, “Bahoriston” mahallasida yashovchi Karim Jumanovning murojaatiga muvofiq yaroqsiz holga kelgan ichimlik suvi minorasi va 120 dan ziyod simyog‘och yangilanadigan bo‘ldi. Shuningdek, “Yo‘ldoshobod” mahallasida yashovchi Maqsuda Xudoyberdiyevaning uy-joyini ta’mirlash tuman hokimi va 4-sektor rahbari zimmasiga yuklandi.
Sh.Suyarov,
Sh.Ortiqboyev,(suratlar) O‘zA.