Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: aholi murojaatlari tinglandi
11:07 / 2022-12-17

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda barcha shahar va tumanlardan kelgan aholining murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi.

Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi, huquqni muhofaza qilish idoralari, sudlar, banklar, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, ijtimoiy soha, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etgan qabulda qariyb yetti soat davomida fuqarolarning ishga joylashish, uy-joy, yer va bo‘sh bino, bank krediti olish, elektr tarmog‘i tortish, ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, davolanish uchun yordam, kommunal xizmatlarga ulanish kabi murojaatlari o‘rganildi.

Qo‘shimcha o‘rganish, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi. Fuqarolar muammosi hal etilishi umidi bilan qabulga kelgan.  

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA