Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: 149 ta murojaat ko‘rib chiqildi
12:03 / 2021-12-03

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruhlari tomonidan viloyat fuqarolari uchun sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Bunda 149 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, shundan, sud-huquq masalalari bo‘yicha 126 ta, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 23 ta murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlarning 19 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 5 nafar murojaatchiga huquqiy maslahatlar berildi, 125 ta murojaatni qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Jinoyat ishlari yuzasidan 4 ta murojaat bo‘yicha mahkumlar muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, yana 4 nafarining jazosi yengilrog‘iga almashtirilib, murojaatlar qanoatlantirildi.

[gallery-4927]

– Men 2017 yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-“b” bandi bo‘yicha 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edim, – deydi murojaatchilardan biri. – Sodir etgan jinoyatimdan chin dildan pushaymonligim inobatga olinib, bugungi sayyor qabulda menga ishonch bildirib, muddatidan ilgari ozodlikka chiqarildim. Sharof Rashidov tuman “Toza hudud” tashkilotiga ishga ham joylashtirildim. Endi bundan buyon ishimga halol va vijdonan yondashib, bor kuch-g‘ayratim bilan shu yurtga, xalqqa xizmat qilishga va’da beraman.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 2 ta aliment undirish xususida sud buyrug‘i chiqarildi, 4 tasi bo‘yicha esa 107 million 258 ming 146 so‘m ish haqi undirib berildi, 1 ta murojaat yuzasidan yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sud qarori chiqarildi, barcha murojaatlar qanoatlantirilib, yana 1 ta murojaat – ta’minot undirish haqidagi ishi ko‘rilish jarayonida taraflar yarashganligi sababli fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilib, ijobiy hal qilindi.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha 1 nafar fuqaroning hokim qaroridan norozi bo‘lib yozgan murojaati shu joyning o‘zida ijobiy yechimini topdi.

Qabullar yakunlari bo‘yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga nazoratga olingan har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA