French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyohlik oqimini kengaytirishga qaratilgan forum o‘z ishini davom ettirmoqda
14:42 / 2021-11-24

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro iste’molchilar huquqlari tashkiloti, Xalqaro iste’molchi jamiyatlari konfederatsiyasi, "Yuksalish" umummilliy harakati bilan hamkorlikda Xiva va Urganch shaharlarida 23-25 noyabr kunlari “Sayyoh - 2021» xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targ‘ib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turistik faoliyatni oshiruvchi kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida ko‘maklashish hamda turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Mazkur Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurayotgan xalqaro delegat a’zolari kutib olindi, shuningdek, barcha delegat a’zolarini Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi

Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro iste’molchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yo‘llagan murojaat o‘qib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati namoyish etildi.

Forum ikkinchi kunining birinchi qismida «Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida iste’molchilarning transchegaraviy murojaatlari» mavzusida ma’ruza tinglandi.

Unda chet ellik sayyoh (iste’molchi)larning murojaatlarini chet el fuqarosi bo‘lishiga qaramasdan o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ilg‘or xalqaro tajribani joriy qilish haqida so‘z bordi

Turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida o‘tkazilayotgan “SAYYOH-2021» xalqaro forumi iste’molchilarning transchegaraviy murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning turizm va elektron tijorat  sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasidagi mexanizmlarni takomillashtirishi, xavfsiz turizmga oid masalalar bugun har bir iste’molchining huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishadi.

"Zero, har bir sayyoh qayerga tashrif buyurmasin, o‘sha davlatda uning iste’molchi borasidagi huquqlari himoya qilinishi mamlakat turizmining rivoji uchun xizmat qiladi", dedi, Federatsiya raisi J.Sarimosoqov.

Qayd etish joizki, mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi.

Mazkur forum, davomida chetellik ekspertlar tomonidan ham turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro me’yor va standartlari implementatsiya qilinishi, turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish borasida ma’ruzalar tinglandi.

Turizm mavsumiy davrini uzaytirish, ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish, xususan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.  

Xalqaro iste’molchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin so‘zga chiqib, Sayyohlar (Xalqaro iste’molchilar) tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yo‘llar bo‘yida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini ko‘paytirish, madaniy meros ob’ektlarida iste’molchilarning maroqli hordiq olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot markazlari joriy etish, sayyohlar uchun yangi xizmatlar tashkil etish orqali valyuta tushumini ko‘paytirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

"Zero, Turizmni rivojlantirish orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish asosiy burch", deya o‘z fikrini davom ettirdi Xalqaro iste’molchilar jamiyati konfederatsiyasi Raisi – Dmitriy Yanin.

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya 

qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati