Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan magistral va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligi qayd etildi
15:55 / 2025-04-09

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ko‘pchilik hokimlar turizm qanday katta yo‘nalish ekanini tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mavsum boshlanganiga bir oydan oshgani bilan kapsulali uylardan iborat maskan faqat Kitobda ochilgani qayd etilib, qolgan 35 ta tuman va shahar hokimi “mudrab” o‘tirgani tanqid qilindi.

Kapsulali uylarni qurish va jihozlashga Turizm jamg‘armasidan 10 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi.

Sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan magistral va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligi qayd etildi.

Mutasaddilarga “turizm halqasi”ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha hisob-kitob qilib, ishlarni boshlash topshirildi.

O‘zA