English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyohlar xarid qilgan tovarlariga toʻlangan QQS qaytarilishi mumkin?
17:12 / 2019-08-19

Jahon tajribasida “tax free” tizimi savdo va turizmni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 136 ta davlatida “tax free” tizimi joriy etilgan.


Davlat soliq qoʻmitasi katta inspektori Akmal Nazarovning maʼlum qilishicha, chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtishida xarid qilgan tovarlar uchun toʻlagan QQSni qaytarish (“tax free” tizimi) tartibini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Jahon tajribasida “tax free” tizimi savdo va turizmni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 136 ta davlatida “tax free” tizimi joriy etilgan.

Oʻzbekistonga joriy yilning oʻtgan davrida 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 800 mingtaga oshgan. Demak, mazkur tizimning yaratilishi kelayotgan sayyohlar soni va ular amalga oshiradigan sarf-xarajatlarning yanada koʻpayishiga xizmat qiladi.

Oʻzingiz oʻylab koʻring bir necha kun sayohat qildingiz, esdaliklar, sovgʻa salomlar yoki boshqa bir buyumlarni sotib oldingiz qaytishingizda esa qoʻlingizga maʼlum bir miqdorda pul qaytarib berishmoqda. Albatta, bu sizni ushbu mamlakatga yana qaytib kelishga undaydi.