Sayyohlar uchun qulay va xavfli davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Afg‘onistan, Yaman va Suriya 2022 yilda sayyohlar borishi uchun eng xavfli mamlakatlar ekani ma’lum qilindi.
“The Independent”ning xalqaro “International SOS” kompaniyasi ma’lumotiga asoslanib yozishicha, sayyohlar uchun qulay va xavfli davlatlar ro‘yxati siyosiy vaziyat, transport tizimi holati, xavfsizlik, favqulodda xizmatlar kabilarning barqarorligi hisobga olinib shakllantirilgan.
Shu tariqa sayyohlar uchun xavfdan holi bo‘lmagan 14 yo‘nalish ajratib ko‘rsatildi, bular – Afg‘oniston, Yaman, Suriya, Liviya, Somali kabi 14 mamlakatni o‘z ichiga oladi.
Ro‘yxatga ko‘ra, Islandiya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shveysariya, Sloveniya va Lyuksemburgga sayohat eng xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlari deb e’tirof qilingan.