Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyohlar uchun axborot markazi ochildi
15:21 / 2019-07-23

Toshkent viloyatining “Oybek” va “Gʻishtkoʻprik” nazorat punktlari hududida ikki sayyohlik axborot markazi ochildi.


Toshkent viloyatining “Oybek” va “Gʻishtkoʻprik” nazorat punktlari hududida ikki sayyohlik axborot markazi ochildi.

Ushbu axborot markazlari sayyohlarni yurtimizning turistik salohiyati, joylashuv vositalari, mashhur yoʻnalishlar va ichki marshrutlarga oid maʼlumotlar bilan taʼminlashda faol ishtirok etadi. Shuningdek, hududlar haqidagi qoʻllanmalar va jurnallar koʻrinishidagi tarqatma materiallar, taksi chaqirish, turistik sim-karta xarid qilish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

Qayd etish joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1-3-iyun kunlari Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi davomida Qozogʻiston bilan chegaradosh “Gʻishtkoʻprik” va Tojikiston bilan chegaradosh “Oybek” nazorat punktlari hududida Turistik axborot markazlarini yaratish vazifasini qoʻygan edi. Ayni vaqtda mazkur topshiriq ijrosini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi va viloyatning Turizm departamenti bilan hamkorlikda taʼminlamoqda.