Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyohlar soni yanada ko‘payadi
17:46 / 2023-10-21

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi davomida o‘tkazilgan “Global investitsion forum” doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Eron Islom Respublikasining Tehron shahridagi Abbos-Obod madaniy va turizm hududining direktori Sayid Muhammad-Husayn Hijoziy hamda Mavrikiy Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, uy-joy va yerdan foydalanishni rejalashtirish hamda Turizm vaziri Stevan Obeyegado bilan uchrashdi.

Shuningdek, forumda viloyat hokimligining mas’ullari bir qator xorijiy davlatlarning, jumladan, Rossiya, Xitoy, Qatar, Indoneziya, Singapur, Kanada, Avstriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Shveysariya, Venesuela, Gaiti, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan tashrif buyurgan turizm sohasi vazirlari, vazir o‘rinbosarlari, maslahatchilar va ekspertlar bilan uchrashdi hamda bir qator kelishuvlarga erishildi.  

Xususan, Buxoro viloyatida turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda yangi turizm ob’ektlarini barpo qilish bo‘yicha 5 ta investitsion kelishuv imzolandi.  

Shu bilan birga, 2023 - 2024 yillarda viloyatga jami 500 ming nafar xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, xorijiy turistik kompaniyalar bilan hamkorlikda 2024 yilda Tojikistondan 50 ming, Qirg‘izistondan 30 ming, Turkmanistondan 28 ming, Xitoydan 30 ming, Indoneziya davlatidan 25 ming sayyohni viloyatga kelishini amalga oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.