Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayxunobodda profilaktika inspektorlari bodikameralarda ish boshladi
18:01 / 2023-04-02

-

Sirdaryo viloyati IIB Sayxunobod tumani profilaktika inspektorlari yozib oluvchi kamera bilan ish olib borishni boshladi.Tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlariga xizmat olib borish holatini qayd etib boruvchi “body samera” kameralar tarqatildi. 

Ushbu video kamera xodimning kunlik ish faoliyati, fuqarolar bilan o‘zaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo‘lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi. Qayd etilishicha, profilaktika inspektorining kamera yozuvi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy o‘rganish va adolatli chora-tadbirlar ko‘rishga yordam beradi. Ushbu zamonaviy uskunani Sirdaryo viloyatining boshqa shahar va tumanlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.

Sh.Suyarov,O‘zA