Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayxunobodda o‘rim kombaynlari texnik-sinov ko‘rigidan o‘tkazildi
16:01 / 2021-05-14

Joriy yilda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani g‘allakorlari 13 ming gektar maydondagi boshoqli don ekinlarini barcha agrotexnik tadbirlarga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirib, qisqa fursatlarda boshlanadigan o‘rim-yig‘im mavsumiga puxta hozirlik ko‘rishayotir.

Ushbu qishloq xo‘jaligi mavsumida tuman bo‘yicha don o‘rim-yig‘im jarayonlarida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar 75 ta kombayn ishtirok etishi belgilandi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Sayxunobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan mavsumda qatnashadigan kombaynlarning don o‘rim-yig‘imga tayyorligi texnik nazoratdan o‘tkazildi.

Don o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlikni nazorat qilish maqsadida shakillantirilgan viloyat ishchi guruhi a’zolari tomonidan kombaynlarning mavsumga tayyorgarligi o‘rganish jarayonida tumandagi mavjud 75 ta kombayn 15 kilometrlik masofada yurgazilib, texnik sinov ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ishchi guruhi tomonidan mavsumga tayyor kombaynlarning texnik holati, yo‘l harakati va texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi anjomlar bilan butlanganligi, sinovdan o‘tkazilgan mashinalarni maxsus komissiya dalolatnomalari asosida qabul qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu to‘liq texnik sinovdan o‘tkazilgan 75 dona kombayn ekipajiga o‘rim-yig‘im mavsumiga shayligi to‘g‘risida “O‘zagroinspeksiya”ning maxsus sertifikatlari topshirildi.

A.Qayumov, F.Toshmatov, O‘zA